Karim Valiyev
Karim Tofig oʻgʻli Valiyev (ozarbayjoncha: Kərim Tofiq oğlu Vəliyev;1961-yili 9-fevralda tavallud topgan) – ozarbayjonlik harbiy ofitser. Ozarbayjon Qurolli Kuchlarida general-polkovnik, Ozarbayjon Qurolli Kuchlari Bosh shtab boshligʻi va Ozarbayjon mudofaa vazirining birinchi oʻrinbosari boʻlib ishlagan. U Ikkinchi Togʻli Qorabogʻ urushining qatnashuvchisi.
Yoshligi
Karim Tofiq oʻgʻli Valiyev 1961-yili 9-fevralda Ozarbayjon SSRning (oʻsha paytda Sovet Ittifoqi tarkibida boʻlgan) poytaxti boʻlgan Boku shahrida tugʻilgan. 1982-yili Boku shahridagi Oliy qoʻshma qurollari qoʻmondonlik bilim yurtini imtiyozli diplom bilan tamomlagan. Valiyev 1982—1990–yillar davomida Sovet Qurolli Kuchlarining kursant vzvod komandiri, oʻquv boʻlimining boshliq yordamchisi, tayyorgarlik boʻlimi boshligʻining katta yordamchisi boʻlib xizmat qilgan.
1990—1994–yillari Moskva shahridagi Frunze nomli harbiy akademiyada taʼlim olgan.
Harbiy xizmat
Karim Valiyev 1992-yildan buyon Ozarbayjonning Qurolli Kuchlarida xizmat qilib kelmoqda. Xizmatda yurgan paytlarida oʻquv boʻlimi boshligʻining oʻrinbosari, brigada komandirining oʻrinbosari, brigada komandiri, front komandirining oʻrinbosari, Ozarbayjon Respublikasi Mudofaa vazirining jangovar harakatlari boʻyicha oʻrinbosari, harbiy qismning komandiri lavozimlarida ishlagan. Harbiy ilmiy markazning boshligʻi va Mudofaani rejalashtirish harbiy strategiyasining boshligʻi boʻlib ham saylanadi[1].
Karim Valiyev Ikkinchi Togʻli Qorabogʻ urushida ishtirok etgan. Urush tugagandan soʻng, 10-dekabrda Ozarbayjonning urushdagi gʻalabasi sababli Bokuda boʻlib oʻtgan gʻalaba paradiga boshchilik qiladi. U 2021-yilning 23-iyulida Ozarbayjonning Qurolli kuchlari Bosh shtabi boshligʻi etib tayinlanadi.
Shaxsiy hayoti
Karim Valiyev oilali, ikkita farzandi bor.
Mukofotlari
Manbalar
uz.wikipedia.org