Karim Masimov




Karim Qajimqanovich Masimov (qozoqcha: Кәрім Қажымқанұлы Мәсімов, 15-iyun 1965, Astana, Qozoq SSR) — Qozogʻiston davlat arbobi, Qozogʻistonning ikki karra bosh vaziri (2007—2012, 2014-yildan), QR Prezident Maʼmuryatining rahbari (2012—2014).

Avtobiografiya



Karim Qajimqanovich Masimov — 1965-yil 15-iyunda Qozoq SSRning Tselinograd shahrida tavallud topgan. Otasi — Qajimqan Qasimovich Masimov. Onasi — Eleonora (Ajibekova) Karimovna Masimova.
1982-yil Almati shahridagi Respublika fizika-matematika maktabini bitirdi. 1985-yili Moskva shahridagi P.Lumumba nomli Xalqlar Doʻstligi universitetida arab filologiyasi boʻyicha tahsil oldi. 1988-yil Pekindagi Til bilimi institutida tahsil olgan. 1991-yil Xitoydagi Uxan adliya universitetini, 1995-yil Qozoq davlat boshqaruv akademiyasini bitirgan. Rus, qozoq, ingliz, xitoy va arab tillarini biladi.

Xizmat yoʻli



1991-1992 — Qozogʻiston Respublikasi Mehnat vazirligida tashqi iqtisodiy aloqalar boʻlimining rahbari, bosh iqtisodchi.

1992-1995 — Qozogʻiston tijorat tuzilmalari boʻyicha Xitoyda va Gonkongda ishladi.

1995-1996 — „Almati Savdo Moliya banki“ning rahbari.

1996-1997 — „TuranAlembank“ boshqarma rahbarining vazifasini bajaruvchi.

1997-2000 — „Qozogʻiston xalq jamgʻarma banki“ning rahbari.

2000-2001 — Qozogʻiston Respublikasi transport va kommunikatsiya vaziri.

2001-2003 — Qozogʻiston Respublikasi bosh vazir muovini.

2003-2006 — Qozogʻiston Respublikasi Prezidentining yordamchisi.

2006-2007 — Qozogʻiston Respublikasi bosh vazir muovini (bir vaqtning oʻzida 2006-yil apreldan oktyabrgacha byudjet va iqtisodiy rejalashtirish vaziri).

2007-2012 — Qozogʻiston Respublikasi bosh vaziri.

2012-2014 — Qozogʻiston Respublikasi Prezident Maʼmuryatining rahbari.

2014-2016 — Qozogʻiston Respublikasi bosh vaziri.

2016-2022 — Qozogʻiston Milliy Xavfsizlik qoʻmitasi raisi

2022-yil yanvar oyida namoyishlar ortidan hibsga olingan. Uning uyidan 17,2 million AQSh dollari miqdorida naqd pul, shuningdek, koʻplab hashamatli buyumlar olib qoʻyilgan.

2023-yil 24-aprelda davlatga xiyonat va yana ikkita modda bilan aybdor deb topilib, jazolarni qisman qoʻshish yoʻli bilan uzil-kesil 18 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz