Karim Kamolov




Karim Jamalovich Kamolov (1954-yil, Buxoro, Buxoro viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR — 2020-yil 22-avgust, Toshkent, Oʻzbekiston) — oʻzbek davlat arbobi, 2-chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati (1999—2004), Buxoro shahar hokimi (1994—2007, 2017—2020) va Buxoro viloyati hokimi vazifasini bajaruvchisi lavozimlarida ishlagan.

Biografiya



Karim Kamolov 1954-yilda Buxoroda tugʻilgan. Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiya institutini tamomlagan.

Buxoroning 49-okrugidan 2-chaqiriq Oliy Majlis deputati (1999—2004). 1994—2007-yillarda Buxoro hokimi. 2007—2017-yillarda — MChJ 20-trest bosh direktori. 2017-yilda yana Buxoro hokimi boʻldi, ushbu lavozimda 2020-yil 29-fevralgacha faoliyat yuritdi. 2020-yil 29-martdan 22-avgustgacha Buxoro viloyati hokimi vazifasini bajaruvchisi lavozimida ishladi.

2020-yil 22-avgustda Toshkentda COVID-19ga chalinganligi sababdan vafot etdi, 30-iyundan boshlab koronavirusni davolashda edi. Buxorodagi Xazrati Imom qabristoniga dafn etilgan.

Mukofotlar



„Doʻstlik“ va „Mehnat Shuxrati“ ordenlari bilan taqdirlangan (29.08.2019).

Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz