Karim Hojiyevich Tohirov




Karim Hojiyevich Tohirov (1907. 30.11 Toshkent 1987.25.9.) - bolalar xirurgi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1979), Oʻzbekiston va Qoraqalpogʻistonda xizmat koʻrsatgan vrach (1944). Toshkent tibbiyot akademiyasi ni tugatgach (1933), shu institut xirurgiya kafedrasida aspirant (1933—35), assistent (1935—41). Urush qatnashchisi (1941—42). Toshkent tibbiyot akademiyasi xirurgiya kafedrasida dotsent (1942—47), pediatriya fakulteti bolalar xirurgiyasi kafedrasi mudiri (1947—72). 1972-yildan Oʻrta Osiyo, hozirgi Toshkent tibbiyot pediatriya instituti bolalar xirurgiyasi kafedrasi mudiri. Ilmiy faoliyati bolalar xirurgiyasi, asosan, Oʻzbekistonda bolalar siydik toshi kasalliklariga oid.

uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz