Karim Adeyemi




Karim David Adeyemi (nemischa: Karim David Adeyemi 2002-yil 18-yanvar, Myunxen, Germaniya) — nemis futbolchisi, Dortmundning „Borussiya“ klubi va Germaniya terma jamoasi hujumchisi .

Klubdagi faoliyati




Adeyemi Germaniyaning Forstenried, Bavariya, Unterxaching va Avstriyaning Red Bull klublari tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Oʻyin amaliyotiga ega boʻlish uchun u Red Bullning zaxira klubida oʻynay boshlagan.2020-yil 20-fevral kuni UEFA Yevropa Ligasi pley-off bosqichi doirasida Frankfurt-Maynning " Ayntraxt "iga qarshi o‘yinda Karim asosiy jamoa safida debyut qilgan. 3-iyun kuni poytaxtning " Rapid " klubiga qarshi oʻyinda u Avstriya Bundesligasida debyut qilgan. Oʻsha yilning 1-iyulida " Shturm "ga qarshi oʻyinda Karim Red Bull uchun birinchi golini urgan.

2022-yil 10-may kuni Dortmundning „Borussiya“ klubi futbolchi bilan 2027-yilning 30-iyuniga qadar amal qiladigan 30 million yevroga teng bo‘lgan shartnoma imzolaganini eʼlon qilgan.

Terma jamoadagi faoliyati



2019-yilda Germaniya yoshlar terma jamoasi bilan Adeyemi Irlandiyada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida ishtirok etgan. Turnirda u Ispaniya va Avstriya jamoalariga qarshi oʻyinlarda maydonga tushgan.

2021-yilda Germaniya yoshlar terma jamoasi tarkibida Adeyemi Vengriya va Sloveniyada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionati gʻolibiga aylangan. Turnirda u Daniya, Gollandiya va Portugaliya jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan.

2021-yil 5-sentyabr kuni Armaniston terma jamoasiga qarshi JCh-2022 saralash bahsida Adeyemi Germaniyaning asosiy terma jamoasi safida debyut qilgan. Oʻsha oʻyinda Karim terma jamoadagi ilk golini urgan.

Terma jamodagi gollari




Shaxsiy hayoti



Karim Germaniyada tugʻilgan. Uning otasi Nigeriyalik va onasi Ruminiyalikdir.

Yutuqlar



Red Bull Zalsburg

Germaniya (21 yoshgacha)

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz