Karib dengizi qaroqchilari 4
Karib dengizi qaroqchilari: Nomaʼlum sohillarda (inglizcha:
Pirates of the Caribbean: On Stranger Tides ) 2011-yil ekranlarga chiqarilgan fentezi va sarguzasht janrlaridagi AQSh filmidir. Karib dengizi qaroqchilari filmlar seriyasining toʻrtinchi filmi. Film rejissori — Rob Marshall, produseri — Jerry Bruckheimer, ssenariy mualliflari esa Ted Elliott va Terry Rossio'dir. Filmda bosh rollarni Johnny Depp, Penélope Cruz, Ian McShane, Geoffrey Rush va Kevin R. McNally ijro etishgan.
Karib dengizi qaroqchilari: Nomaʼlum sohillarda AQShda 20-may 2011-yilda premyera qilindi. Film umumjahon boʻylab $1,04 milliard toʻplab, 2011-yilning 3chi eng kassabop filmiga aylandi.
Film sikveli: Murdalar ertak aytmaydi (2017).
Rollarda
Musiqasi
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org