Karen Ulenbek




Karen Uhlenbeck (talaffuzi: Karen Ulenbek) (1942-yil 24-avgustda tugʻilgan) — amerikalik matematik. 2019-yilda Uhlenbeck Abel mukofoti bilan taqdirlangan ilk ayol matematik boʻldi. Olima zamonaviy geometrik analizning asoschilaridan biri hisoblanadi .

Uhlenbeck 1964-yil Michigan universitetidan bakalavr darajasini olgan. 1965-yil New York universitetidagi Courant matematik fanlar institutida magistratura boshlagan va biofizik Olke C. Uhlenbeckka (fizik George Uhlenbeckning oʻgʻli) turmushga chiqqan. Turmush oʻrtogʻi Harvardga borganida u bilan birga borgan va Brandeis universitetida qayta oʻqishni boshlagan. 1966-yil ushbu universitetdan magistr va 1968-yili Richard Palais rahbarligida PhD darajasini olgan.

Ayni damda Uhlenbec Austindagi Texas universiteti faxriy professori. Shuningdek, Perspektiv tadqiqotlar institutida faxriy „mehmon“ professor. 1986-yildan beri AQSh Milliy fanlar akademiyasining aʼzosi. 2000-yil AQSh Milliy fan medali bilan, 2007-yil Steel mukofoti bilan taqdirlangan.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz