Kareliya bo'yni




Kareliya boʻyni - Boltik, dengizining Fin qoʻltigʻi bilan Ladoga koʻli orasidagi boʻyin. Yer yuzasi gneys, granit, muzlik, koʻl-muzlik yotqiziklaridan tarkib topgan. Oʻrtacha balandligi qariyb 50 m (eng baland joyi 205 m). Muzlik natijasida hosil boʻlgan koʻl koʻp. Igna bargli oʻrmon bilan qoplangan. Sersuv Vuoksa daryoyei kesib oʻtgan. Fin qoʻltigʻi sohilida kurortlar (Sestroretsk, Zemnogorsk, Repino, Solnechnoye va b.) bor. Turizm rivojlangan. 17-asr boshidan Shvetsiya tasarrufida boʻlgan. 1721 y. Rossiyaga qoʻshib olingan. 1918 — 40 yillarda K.b.ning koʻp qismi Finlandiya tarkibida edi. 1940 y.dan Rossiya egallagan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz