Karel Loprais
Karel Loprais — (1949-yil 4 martda tavvalud topgan; 2021-yil 30-dekabrda vafot etgan) chexiyalik ralli reyd haydovchisi va yuk mashinalari toifasida Dakar rallisining olti karra gʻolibi hisoblanadi.
Faoliyati
Karel 1967-yilda Chexoslovakiyaning Kopřivnitse shahridagi Tatra shahrida zavod ishchisi sifatida ishlay boshlagan, keyinchalik sinov haydovchisi boʻlib poygalarga kirib kelgan. Loprais birinchi marta 1986-yilda Dakar rallisida Tatra 815 yuk mashinasi bilan bellashgan. Oxirgi bosqich yakuniga kech yetib kelgani uchun 2-o‘rindan diskvalifikatsiya qilingan. U 1986—2006-yillar davomida 19 marta musobaqalarda qatnashgan va oltita unvon (1988-yil, 1994-yil, 1995-yil, 1998-yil, 1999-yil, 2001-yil), toʻrtta ikkinchi oʻrin (1987-yil, 1996-yil, 2000-yil, 2002-yil), bitta uchinchi oʻrin (1992-yil), ikkita toʻrtinchi oʻrinni egallagan.
1994-yilda ikkinchi gʻalabasi va umumiy avtokamionlar toifasida 6-oʻrinni egallaganidan soʻng, baʼzi ommaviy axborot vositalari uni Monsieur Dakar deb eʼtirof etishgan.
Dakar rallisidan so‘ng 1993-yilda Parij-Moskva-Pekin rallisida (3-o‘rin), 1995-yilda Master Rallye (4-o‘rin) va 1999-yilda (3-o‘rin) va 2000-yilda (2-o‘rin) BAA Desert Challenge musobaqalarida ishtiroki bilan faoliyati nihoyasiga yetgan.
Shaxsiy hayot va vafoti
Loprais Ales Lopraisning amakisi boʻlgan, u ham yuk mashinasi haydovchisi sifatida tarixga kirgan. Loprais 2021-yil 30-dekabrda 72 yoshida Novy Jičin shahridagi kasalxonada o'tkir nafas yetishmovchiligi, yuqori va quyi nafas yo'llarini keskin buzilishi va ikkilamchi kassaliklarini zo'ayishi natijasida, COVID-19 diagnozi bilan vafot etgan.
Dakar Rallisi natijalari
Manbalar
uz.wikipedia.org