Kardiologiya markazi




Kardiologiya markazi  — Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligiga qarashli ilmiy tadqiqot muassasasi hisoblanadi. Ilmiy markaz Toshkent shahrida joylashgan. 1976-yil Tosh-TI tarkibida ilmiy tadqiqot instituti sifatida tashkil etilib, 1978-yilda mustaqil institut boʻlib ajralib chiqdi. 1999-yildan shu nomga sazovor boʻldi. Markaz ilmiy va amaliy faoliyatining asosiy yoʻnalishlari — gipertoniya, yurak ishemik kasalligi, miokard infarkti, qon aylanishi yetishmovchiligi kabi kasalliklarning kelib chiqishi va oʻziga xos kechish xususiyatlarini oʻrganish; ularning diagnostikasi, oldini olish va davolash usullarini ishlab chiqish; Oʻzbekistonda kardiologiya muammosi bilan bogʻliq masalalarga rahbarlik qilish va boshqarish, respublikada kardiologiya xizmatini tashkil etish; yuqori malakali ilmiy va amaliy kardiolog mutaxassislar tayyorlash va boshqalardan iborat. Markazda 2 ilmiy guruh, 9 lab., 101 oʻrinli klinik kasalxona bor. Shuningdek, poliklinika va bemorlar kunduzi qatnab yotib davolanishlari mumkin boʻlgan ambulatoriya (SKAL)ishlab turibdi. Markazda 70 ga yaqin ilmiy xodim, jumladan 10 fan d-ri va 30 fan nomzodi xizmat qiladi (2002). K.m.da d-rlik va nomzodlik dissertatsiyalari qimoyasi boʻyicha maxsus ilmiy kengash faoliyat koʻrsatadi (1990-y.lardan). Markaz olimlari (R. Qurbonov, A. Xujayev, R. Mamutov, A. Kurmukov, G. Qiyoqboyev va b.) oʻtkir miokard infarqti bilan ogʻrigan bemorlarni bosqichmabosqich sogʻlomlashtirish, kardiologik yordam koʻrsatishning yangi shakli — maxsus ambulatoriya davolash kursi (MADKSKAL) hamda yurak kasalligining dolzarb masalalari boʻyicha koʻpgina ilmiy — amaliy anjumanlarda qatnashib keladi. Yurak kasalliklarini mahalliy xom ashyodan tayyorlangan dorilar (allapinin, aklezin, glirofam, oligvon, kavergal) bilan davolash yoʻl-yoʻriqlarini ishlab chiqib amaliyotga tadbiq etadi. Markaz ilmiy toʻplam, monografiya, darslik va turli qoʻllanmalar chop etadi, ixtirolar qiladi.

Ravshanbek Kurbonov.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz