Kardiff




Kardiff — Buyuk Britaniyadagi shahar, Saut-Glamorgan va MidGlamorgan grafligida. Uelsning bosh shahri. Bristol qoʻltigʻi sohilidagi port. Aholisi 300 ming kishi (1990-yillar oʻrtalari). Yirik sanoat markazi, transport yoʻllari tuguni. 19-asr oxiri — 20-asr boshida mamlakatda chetga koʻmir chiqaradigan (1913 yilda 36 mln. t) eng katta port boʻlgan. K. porti orqali chetdan temir rudasi, xom ashyo, oziq-ovqat keltiriladi. K.da qora metallurgiya, mashinasozlik (shu jumladan, kema remonti), oziq-ovqat va poligrafiya sanoati korxonalari bor.

K. — Uels milliy madaniyatining markazi. Meʼmoriy yodgorliklardan qasr (11-asr), Llandaf sobori (12—15-asrlar), Sent-Jon cherkovi (15-asr), ratusha binosi (1904) va b. saqlangan. Uels milliy muzeyi (1907), Uels xalq muzeyi, universitet (1893), milliy kutubxona bor.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz