Kardanli mexanizm




Kardanli mexanizm - birbiriga nisbatan oʻzgaruvchan burchak ostida joylashgan ikki valning aylani-shini taʼminlaydigan mexanizm. Italiyalik olim J. Kardano nomi bilan atalgan. Bikr (qattiq) va elastik (qayishqoq), sinxron va asinxron xillari bor. Bikr K. m.da vallar zvenolari qoʻzgʻaluvchan qilib biriktirilganligi uchun aylanadi; elastik K. m.da vallar maxsus elementlari elastik holatga ega boʻlgani uchun aylanadi; sinxron K. m.da vallar oʻzgarmas tezlikda; asinxron K. m.da vallar oʻzgaruvchan tezlikda aylanadi. Vallari oʻq boʻylab suriladigan K. m. ham boʻladi. Transport mashinalarning kardanli uzatmalarida stanoklar, asboblar va b.da qoʻllaniladi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz