Karchelia
Karchelia — 7000 kishilik shaharcha boʻlib, u Surat shahridan 55 km janubi-sharqda, Gujarat shatatida joy olgan. Karchelia Surat, Bardoli, Navsari, Ahmadobod va Saputara shaharlaridan jamoat transporti bilan yaxshi bogʻlangan.
Karchelia Hindistonning Gujarat shtatidagi Surat tumanidagi Maxuva talukaning iqtisodiy markazi boʻlib, u oziq-ovqat, kiyim-kechak, qishloq xoʻjaligi buyumlari doʻkonlari, yaqin atrofdagi shakar zavodi hamda jonli dehqonchilik bilan ham shugʻullanadi.
Imkoniyatlar
Karchelia axlatni qayta ishlash markazi Gujaratdagi namunaviy qayta ishlash zavodi hisoblaandi.
Karchelia — „Vardha Rashtrya Prathmik school“ deb nomlangan hukumat boshlangʻich maktabi, yarim xususiy boshlangʻich maktab va BBS High School, B.Ed. kollej va ITI tayyorlash maktabi faoliyat yuritadi. Karchelia savdogarlari chakana va ulgurji savdoda oʻzlarining ishbilarmonligi bilan mashhur hamda siyosatchilar bilan yaxshi aloqa oʻrnata oladi.
Fasllar
Karcheliya qishi yumshoq (noyabr-mart), yozi issiq (aprel-iyun) va musson (iyun-sentyabr) kuzatiladi. Qishki harorat 70-90 F, 20-30 C atrofida boʻladi. Yozda 80-104 F, 30-40 C harorat kuzatiladi. Musson yomgʻirlari 20-iyundan oktyabrgacha davom etadi va harorat pasayib ketadi, ammo yomgʻir bir hafta davomida toʻxtovsiz yogʻishi mumkin. Karcheliyada umuman suv toshqini, boʻron yoki zilzilalari sodir boʻlmaydi. Karcheliyaga tashrif buyurish uchun eng yaxshi vaqt — oktyabrdan martgacha boʻlgan davr hisoblanadi.
Yana qarang
Manbalar
uz.wikipedia.org