Karbonatli Tuproklar




Karbonatli tuproklar - ustki chirindili katlamida kalsiy va magniyning karbonatli tuzlari boʻlgan tuproqlar. Bunday tuzlar ohaqtoshli, mergelli va lyossli yotqiziqlarning ustida hosil boʻlgan tuproqlarda koʻp. K.t. qaynash xususiyatiga ega (k,. Tuproq qaynashi). Tuprokdagi karbonatlar paydo boʻlishiga koʻra, birlamchi (jinsli yoki qoldiq karbonatlari) va ikkilamchi (tuproq hosil boʻlishida vujudga kelgan karbonatlar) boʻlishi mumkin.

K.t. Oʻzbekistonning sugʻorma dehqonchilik zonalarida keng tarqalgan; koʻpchilik qishloq xoʻjaligi ekinlarining rivoji uchun qulay muhitga ega.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz