Karbonara




Karbonara pastasi (italyancha: Pasta alla carbonara) — tuxum, parmezan pishlogʻi va pekorino romanodan tayyorlangan qayla, tuz va yangi maydalangan qora murch bilan qorishtirilgan, kichik bekon boʻlaklari (asl variantida guanchiale yoki panchetta) bilan tayyorlangan spagetti. Qayla endigina pishirilgan makaron issiqligi bilan toʻliq tayyor holatga keladi.

Taom 20-asr oʻrtalarida oʻylab topilgan. Karbonara pastasi Italiyadagi Latsio mintaqasining anʼanaviy taomi boʻlib, uning markazi Rim hisoblanadi. Karbonara qaylasiga koʻp hollarda qaymoq qoʻshiladi, panchetta esa bekon bilan almashtiriladi.

Pishloq



Rim oshpazlari pekorino romano (qoʻy sutidan tayyorlangan pishloq) dan foydalanishadi. Pekorino qaylasi juda achchiq tuyulishi mumkin: shu sababli pekorino romano va parmezan pishlogʻi teng miqdorda aralashtiriladi.

Bekon



Rimda karbonara odatda bekonning mahalliy turi: guanchale yoki panchettadan tayyorlanadi. Panchetta guanchaledan goʻsht taramlarining koʻproq ekanligi bilan farqlanadi. Bekonning toʻrtburchak shakldagi kichik boʻlaklari shaffof holatga kelguniga qadar qovuriladi va qayla quyilishidan avval pastaga qoʻshib aralashtiriladi.

Turli xil pishirish usullari



Baʼzi retseptlarda taom uchun koʻproq qayladan foydalanish, qayla pasta ichida turishi uchun naycha shaklidagi makarondan, misol uchun pennedan foydalanish tavsiya etiladi. Karbonara tarkibiga qoʻshiladigan qaymoq odatda italyan taomlari uchun ishlatilmaydi, ammo istisnolar ham yoʻq emas. Bu sarimsoqqa ham tegishli: italyan retseptlarida sarimsoqni uchratmaysiz, Italiyadan tashqarida esa sarimsoq bilan tayyorlanadigan karbonara pastasi retseptini topishingiz mumkin. Bundan tashqari, Italiyadan brokkoli, noʻxat, piyoz, qoʻziqorin yoki boshqa sabzavotlarni oʻz ichiga oladigan karbonara retseptini topish ham mumkin.

Manbalar




Adabiyotlar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz