Karbin




Karbin  — qora rangli mayda kristall kukun. XX asrning 60-yillarida birinchi boʻlib rus kimyogarlari sintezlasa, keyinroq u tabiatda chaoit minerali tarkibida topilgan. Karbinning tuzulishi chiqizli.

Fizik xossalari



Karbin grafitga qaraganda qattiqroq, olmosdan esa yumshoq. Yarimoʻtkazgich xossasiga ega. Havo ishtirokisiz 2800 °C ga qadar qizdirganda grafitga aylanadi.

Qoʻllanilishi



Karbinning odam organizmidagi toʻqima bilan mos keluvchi xossalari bor. Uning ushbu xossalari tibbiyotda sunʼiy qon tomirlarini ishlab chiqarishda qoʻllaniladi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz