Karbanion




Karbanion — tarkibida manfiy zaryadlangan 3 valentli (shartli ravishda) uglerod atomi bor organik anion. Kimyoviy reaksiyalarga shiddatli ravishda kirishadi va shu sababdan juda beqaror. Organik moddalar oʻrtasida roʻy beradigan talaygina reaksiyalarda oraliq mahsulotlar (zarrachalar) tarzida ham hosil boʻladi. Karbanion asosida fazalararo kataliz sharoitida oʻtkaziladigan kimyoviy reaksiyalar muhim ahamiyatga ega.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz