Karamelli puding
Karamelli puding (fransuzcha: crème caramel yoki flan au karamel) yoki
flan (ispancha: flan) — tuxum, shakar, sut va boshqa masalliqlardan tayyorlanadigan va ustiga karamel suriladigan shirin taom. Odatda Ispaniya bilan bogʻlanadi. Ispaniya va Portugaliyada standart desert sanaladi. Angliya va Fransiyada ikki xil taom „flan“ deyiladi: 1. karamelli puding va 2. ustiga meva, krem yoki pishloq qoʻyilgan pishiriq yoki pechenye (odatda yumaloq) (pastga qarang Flan). Ispan va portugal tilida soʻzlashadigan mamlakatlarda (Ispaniya va Portugaliya, bu yerda odatiy shirinlik, Meksika va boshqalar) „Flan“ bitta maʼnoga ega — faqat karamelli pudingni bildiradi.
Paydo boʻlishi
Britaniyalik pazandachilik tarixchisi Alan Davidson (1924-2003) shunday yozgan:
XXI asrda Britaniyada karamelli pudingning mashhurligi yoʻqolib bordi. Shu munosabat bilan Felisiti Klok 2015-yilda Britaniyaning The Guardian gazetasining veb-saytida chop etgan maqolasida shunday shunday yozgan edi: "Karamelli puding haqida gapirganda, odamlarning koʻzlarida biroz tuman paydo boʻladi. 1989-yildan beri hech kim uni isteʼmol qilmaganga oʻxshaydi, ammo vaqt ularning bu yumshoq tebranuvchi fransuz shirinligiga boʻlgan ishtiyoqini soʻndirgani yoʻq. (Britaniya) milliy ratsionidan karamelli pudingning yoʻqolib ketishi uning avvallari har joyda uchrashi bilan izohlanishi mumkin.
Tavsifi
Karamelli pudingda kremning zichligi tuxum oqi miqdoriga bogʻliq. Karamelli puding oʻrtacha haroratda pechda pishiriladi. The Guardian nashrining yuqoridagi maqolasida, puding markazida „aniq chayqalish“dan koʻra koʻproq „kichik titroq“ mavjud boʻlganda olib tashlash tavsiya etiladi.
Pudingni bezash uchun odatda odatiy karamel ishlatiladi, yaʼni ozgina suv bilan quyuq oltin tusgacha eritiladigan shakar quyiladi.
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org