Karamel




Karamel (fransuzcha: caramel, lotincha: cannamella — „shakarqamish“) — qandolat mahsuloti; shakar qiyomga taʼm beruvchi, boʻyovchi va xushboʻy qiluvchi moddalar qoʻshib qaynatib tayyorlanadigan shirinlik. Uning massasidan turli shaklda tayyorlangan karamel obaki yoki monpasye deyiladi. Karamel ichiga meva, asal va boshqalar solib ham tayyorlanadi. Karamelni saqlash uchun ustiga shakar, kakao uni sepiladi yoki qogʻozga oʻraladi, maxsus temir banka yoki karton qutiga joylanadi. Karamel konditer fabrikakalarida avtomatlashtirilgan universal mashinalarda ishlab chiqariladi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz