Karamanoğulları bekligi
Karamanoğulları bekligi (usmonli turkcha: قرامان اوغللری, turkcha: Karamanoğulları) — Koʻniya sultonligi parchalanishidan oldin, Onadoʻlida Nureddin Bey tarafidan tamal toshi qoʻyilgan va 1250-yilda Karaman Bey tarafidan asos solingan turk-islom bekligi. Karamanoğlu Mehmed Bey davrida turk tili beklikning rasmiy tili deb eʼlon qilingan boʻlsa-da, keyinchalik fors tili davlat tili maqomini oladi. Tarixchilar tarafidan ushbu beklik XIII asrning Onadoʻlidagi eng kuchli bekligi sifatida qabul qilinadi. Shu sababli Usmonli bekligi dastlab Karamanoğullarıdan ancha uzoq turgan va yaxshi aloqalar oʻrnatgan. Keyinchalik Usmonli bekligi yetarlicha kuch va qoʻshin yi’gʻib olgandan soʻng, Karamanoğullarıni oʻziga boʻysundirgan. Karamanoğulları turklarning Salur qabilasiga oid beklar hisoblangan. Beklikning aholisi asosan Salur va Afshar qabilasidan boʻlgan.
Tarix
Karamanoğullarıning ota-bobolari dastlab Kaspiy dengizi boʻylarida, hozirgi Ozarbayjon va Janubiy Ozarbayjon hududlarida yashagan. Beklikning asoschisi Karaman Beyning bobosi Hoca Saadettin Sivasga koʻchib keladi. Ushbu beklikning aholisi asosan oʻgʻuzlarning salur qabilasidan tashkil topgan. Afshar qalila vakillari ham keyinchalik bugungi Eron va Suriya hududidan Adana va tutash hududlariga koʻchib borgan. XIII asr oʻrtalarida Nureddin Beyning oʻgʻli Karaman Bey Kilikya hududlarida katta kuch va qudratga ega boʻla boshladi. Shu sababli Koʻniya sultoni Alouddin Kayqubod Karaman Beyni markazi Ermenek boʻlgan beklikka bek sifatida tayinladi.
Usmonlilar Bolqon yarim orolida fath bilan mashgʻul boʻlgan vaqtda, Karamanoğulları usmonlilarga oid boʻlgan Beyşehirni bosib oldi. Shu sababdan usmonlilar Koʻniya ustiga hujum qildi. Soʻngra ikki davlat oʻrtasida tinchlik shartnomasi imzolandi va Boyazid II hukmronligi davriga qadar amal qildi.
1403-yilda Amir Temur Onadoʻliga qilgan harbiy safari vaqtida Karamanoğulları oʻziga qarshi hujum qilmasligi uchun beklik taxtini Sultanzâde Nâsıreddin Mehmed Bey IIga taqdim etdi. Bu holat Temuriylar imperiyasi bilan urush olib borgan Usmonlilar imperiyasi bilan Karamanoğulları oʻrtasidagi hokimiyat kurashini Karamanoğulları foydasiga hal qildi va beklik Usmonlilar himoyasidagi yerlarni tortib olishni boshladi. Karamanoğulları Bursa shahrini qamal qildilar va shaharni egallay olmadilar. Lekin Usmonlilar imperiyasining poytaxti boʻlgan bu shaharni taladilar.
Usmonlilar imperiyasi sultoni Murod II 1443-1444-yillar oraligʻida Bolqon yarim orolida Varna jangini olib borayotganini fursat bilgan Karamanoğulları Usmonlilarga tegishli boʻlgan Anqara va Kütahyani bosib oldi. Varna jangidan gʻalaba bilan qaytga Murod II Karaman ustiga yurish qildi va shaharlarni qaytarib oldi. İbrahim Beyning vafotidan soʻng, beklik İshak Bey bilan Pîr Ahmed oʻrtasida ikkiga boʻlinib idora etildi. Ammo koʻp vaqt oʻtmay İshak Bey Oq qoʻyunlilar hukmdori Uzun Hasanning yordami bilan Pîr Ahmed ustiga yurish qildi. Pîr Ahmed Usmonli sultoni Mehmed II Fotihdan yordam soʻrashga majbur boʻldi. 1465-yilda Mehmed II Fotihning yordami bilan İshak Beyni yengan Pir Ahmed beklikning qolgan qismini ham oʻz qoʻli ostida birlashtirdi. Uzun Hasanning yoniga qochib borgan İshak Bey esa bir yil keyin 1466-yil sentabrda vafot etdi. Karamanoğulları bekligini butunlay tugatish niyatida boʻlgan Mehmed II Fotih bir necha harbiy yurishlarni amalga oshirdi. Usmonlilar qoʻshini 1468-yilda avval Gevaleni, soʻngra Koʻniyani egalladi. Zabt etilgan hududlar shahzoda Mustafoga voshqarish uchun berildi. Pîr Ahmed oʻz mustaqilligini saqlab qolish uchun kurashini davom ettirdi. Biroq, Oq qoʻyunlilar tahdidi bartaraf etilgandan soʻng, Karamanoʻgʻullari qoʻlida qolgan togʻli hududlar, Nigʻde va Develi va İçel qirgʻoqlariga 1474-yilda uyushtirilgan Usmonli harbiy hujumlari muvaffaqiyatli yakunlandi va Karaman bekligi toʻliq nazoratga olindi.
Kasım Beyning 1484-yilda oʻlimidan soʻng, taxtga İbrahim Beyning nabirasi Turgutoğlu Mahmud Beyni chiqarishdi. Ammo u 1487-yilda boʻlib oʻtgan Usmonli-mamluk urushlarida mamluklar tarafida turganligi sababli unga qarshi Usmonlilar katta qoʻshin yubordi. Turgutoğlu Mahmud Bey qoʻrqib, Halabga qochib ketdi. Ushbu voqeadan soʻng, 1487-yilda rasman Karamanoğulları bekligi tugatildi. 1500-1501-yillarda Usmonli viloyat kotibi jangchilarning daromadini kamaytirgani uchun Karamanli sipohiylar isyon koʻtarib, Eronda yashagan Kasım Beyning jiyani Mustafoni oʻzlarining begi deb eʼlon qildilar, ammo Mustafo bey Usmonli qoʻshinlariga qarshilik koʻrsata olmay Misrga qochib ketdi va 1513-yilda u yerda vafot etdi.
Bayroq
Karamanoğulları bekligi bayrogʻidagi 6 ta qirrali yulduz islom dinidan oldingi turk madaniyatida boʻlgan. Musulmonlar orasida esa Mühr-ü Süleyman sifatida bilinadi. Bundan tashqari ushbu 6 ta qirrali yulduzdan Barbaros Hayreddin posho ham oʻz bayrogʻida foydalangan.
Karamanoğulları arxitekturasi
Karamanoğulları tomonidan qurilgan 66 ta masjid, 8 ta hammom, 2 ta karvonsaroy va 3 ta madrasa bugungi kungacha saqlanib qolgan. Karamanoğulları arxitekturasining mashhur namunalari:
Karamanoğulları beklari
Manbalar
Manba xatosi: <ref> tags exist for a group named "lower-alpha", but no corresponding <references group="lower-alpha"/> tag was found
uz.wikipedia.org