Karaisalı, Adana




Karaisalı — Turkiyaning Adana viloyatidagi kichik tuman boʻlib, maʼmuriy jihatdan Adana Metropolitan Munitsipaliteti tarkibiga kiradi.

Hududda Çatalan va Nergizlik suv omborlari joylashgan. Bu yerda aprel oyining oxiridan may oyining boshigacha kurash turniri va avgust oyining oxirgi haftasida Kızıldağ qishloq festivali boʻlib oʻtadi.

Tarixi



Yunon va Rim davrida bu yerda Midelle ismli shaharcha mavjud boʻlgan. Tarix davomida shahar Saljuqiylar imperiyasi va Armaniston Kilikiya qirolligi kabi bir qancha qirolliklarning nazorati ostida boʻlgan. Turk aholisining hududga kelishidan soʻng, bu nom Çeceli deb oʻzgartirildi va Yüreğir, Menemencioğulları va [1]Ramazanoğulları qabilalari ushbu hududda yashagan.

1481-1496-yillarda shahar Mameluklar tomonidan nazorat qilingan va Usmonli sultoni Salim I tomonidan magʻlubiyatga uchragach, u shahar nazoratini [2]Ramazanoğulları sulolasiga vassal davlat sifatida topshirgan. Keyinchalik tumanning hozirgi Karaisalı nomi Ramazanoğulları xoʻjayini xotirasiga berilgan.

Shahar 1920-yillarning boshlarida Turkiya Mustaqillik urushi paytida dushman tomonidan istilo qilinmagan va shu sababli Chukurova hududi uchun dushmanga qarshi urushda turk qarshilik markaziga aylangan.

Karaisalı bugunda



Adananing uzoq muddatli hokimi Aytach Durak Karaisalı shahridan chiqqan boʻlib, uning davrida tuman Adana Metropolitan Munitsipaliteti tarkibiga kiritilgan.

Karaisali tumanida 7000 ga yaqin aholi istiqomat qiladi. Ushbu tuman bu jixatiga koʻra Pozanti tumanidan orqaroqda turadi. Unda taxminan 10 000 kishi istiqomat qiladi. Ikkalasi ham Adana viloyatining tumanlari hisoblnadi.

Mahallalar



Karaisalı tumanidagi mahallalarning mahalladan tuman markazigacha boʻlgan masofasi va aholisi soni

Manbalar:




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz