Kara Fatima Xanum




Kara Fatima Xanum („Qora xonim Fotima“. Kurdcha: Fata Resh ) Marashdagi (hozirgi Turkiya janubi-sharqidagi Kahramanmarash) kurd qabilasining ayol yetakchisi edi. Uning hayot yillari XIX asrga toʻgʻri keladi, aniq sanalar haqida maʼlumot saqlanib qolinmagan. Kara Fatima Xanum Qrim urushida kurd boʻlinmasiga shaxsan qoʻmondonlik qilgan va shu tariqa turk hukumati bilan toʻqnash kelgan. Qabila boshligʻi yaʼni Kara Fatimaning eri qamoqqa olingandan keyin, Usmonli saltanatiga sodiqligini isbotlash uchun Qrim urushida kurd askarlariga shaxsan qoʻmondonlik qilgan.

Kahramanmarash-Adana hududi tarixini oʻrgangan mahalliy tarixchi Cezmi Yurtseverning yozishicha, Kara Fatima (1820-1865) aslida Qrim urushida qatnashgan Andirinlik Asiye xonimga berilgan laqab edi. Kara Fatima The Illustrated London jurnalining 1854-yil 22-apreldagi sonida koʻzga tashlanadigan sahifasini egallagan, u yerda qabilasidan boʻlgan koʻplab otliqlar bilan Konstantinopolga kelishi jurnal uchun toʻliq sahifali mavzu boʻlgan.

Ushbu maqola muallifi buni quyidagicha taʼriflagan:

Qirolicha yoki yoʻlboshchi ayol, u gʻayritabiiy fazilatlarga ega. Qariyb oltmish yoshlardagi qoramagʻiz kampir boʻlib, Kurd Amazon ayoli nomi orqali xalqqa tanilgan. Kara Fatima ham xuddi erkaklardek kiyinib, oʻz jangchilari singari otda yuradi. U oʻziga oʻxshash erkaklar kiyimidagi ikki xizmatkor ayol va izdoshlari hamrohligida Bosfor boʻgʻozi boʻylab Istanbul kazarmalaridan biriga olib kelingan[4].''

Fatima xanum Konstantinopolga Qrim urushi boshida 300 otliq hamrohlari bilan Podshoh tomonida ekanligini taʼkidlab va uni qoʻllab-quvvatlashini soʻrab kelgan. Bir nemis kuzatuvchisi uni „erkaklardek koʻrinishga ega“ deb taʼriflagan. Kara Fatimaning yashab oʻtgan yillari haqida aniq maʼlumot mavjud emas, ammo olim Michael Gunter u 1877-yilgi rus-turk urushida qatnashgan, deb taxmin qiladi.

1887-yilda Chicago Tribune roʻznomasida Kara Fatimani „Kurdistonning takrorlanmas ayol jangchisi“ deb taʼriflagan. Gazeta, Usmonli saltanati uni oylik stipendiya bilan taʼminlaganini aytib oʻtadi va uni "Uzun boʻyli, ozgʻin, jigarrang, qirgʻiy yuzli, uning yonoqlari sargʻish rangda, yuzida esa chandiqlar yoyilgan. Jangchilar sovutida yuruvchi bu ayol 40 yoshli erkakdek baquvvat edi'' deya taʼriflagan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz