Kara Ellison




Kara Ellison (1985-yil 28-sentyabrda tugʻilgan) – shotlandiyalik video oʻyinlar yaratuvchisi va tanqidchi hisoblanadi.

Jurnalistika



Ellison 2012-yildan boshlab PC Gamer, Unwinnable hamda Rock Paper Shotgun nashrlariga muntazam ravishda oʻz hissasini qoʻshib kelmoqda.

U, shuningdek, New Statesman, Paste, Edge jurnali va Kotaku uchun oʻyinga oid maqolalar yozgan va The Guardian oʻyinlar blogida doimiy ishtirokchidir. 2014-2015-yillarda Ellison ikki haftada bir marta video oʻyinlarda romantikaning tasvirlanishi haqida Rock Paper Shotgun nashri uchun S.EXE nomli rukn yozgan. U shuningdek, 2014-yilda VICE UK nashriga ham video oʻyinlar bilan bogʻliq maqolalar taqdim qilgan.

2013-yilda Ellison oʻyinlar haqida yozgan ishlari uchun Games Media Award ning „Rising Star“ mukofotini qoʻlga kiritgan shuningdek, The Guardian nashrining 2014-yildagi „Top 30 Young People in Digital Media“(Top 30 Raqamli Mediadagi Yosh Shaxslar) roʻyxatida oʻninchi oʻrinni egallagan.

2014-yilda Ellison Patreondan oʻzining „Embed with“ seriyasi uchun muvaffaqiyatli mablagʻ toʻpladi, bundan soʻng u sayohatchi oʻyin jurnalistiga aylanib, dunyo boʻylab sayohat qildi va oʻyin yaratuchi insonlarning hayoti hamda oʻyin yaratilish jarayonlari haqida maqolalar yozdi.

2021-yilning fevralidan 2022-yil iyunigacha Ellison Keyt RA DeKandidoning 2006-yildagi StarCraft: Ghost Nova romanini Davey Wreden bilan birgalikda oʻqish, koʻrib chiqish va muhokama qilishga bagʻishlangan podkast boʻlmish The Inspirational Quarterly dasturini olib borgan.

Oʻyinlarni rivojlanishi



Ellison Rockstar North kompaniyasida 2008-yilgacha Grand Theft Auto IV oʻyinida QA tekshiruvchisi sifatida ishlagan. 2013-yilda Ellison matnga asoslangan interaktiv fantastika oʻyini boʻlmish Sacrilege oʻyinini yaratgan, The New York Times uni „ayollar jinsiy hayotining xom tadqiqoti, shuningdek, erkaklarning romantik istagi haqida baʼzi kerakli kuzatishlarni oʻz ichiga oladi“ deb taʼriflagan. Ellison, shuningdek , ijodkor Xovard Hardiman bilan Badger’s Day Out ustida hamkorlik qildi, bu muvaffaqiyatli Kickstarter kombinatsiyasi tomonidan, Angliya Sanʼat Kengashi koʻmagida moliyalashtirildi.

U Arcane Studios tomonidan 2016-yilgi Dishonored 2 oʻyini uchun tashqi hikoya maslahatchisi sifatida shartnoma imzolagan.

2015-yilning avgust oyida u Dare to Be Digital da asosiy nutqni soʻzlagan.

Ellison 2015-yilda Assault Android Cactus oʻyinida „Peanut“ qahramoni uchun ovoz aktyori vazifasini bajargan.

U "Void Bastards" loyihasining yozuvchisi sifatida ham ishlagan.

U Brayan Mitsoda va Kaʼai Kluni ketganidan soʻng Hardsuit Labsning "Vampire: The Masquerade – Bloodlines 2" loyihasida asosiy hikoya dizayneri boʻlgan.

2021-yilning iyun oyida u Brayan Mitsoda bilan birga Anomaliya Gamesda " Fermi Paradox " ni ishlab chiqish jamoasiga qoʻshilganligini eʼlon qildi.

Bibliografiya




Manbalar




Tashqi havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz