KAR PILLA — qurti g’umbak bo’lib ulgurmagan yoki g’umbagi o’lgan ipak qurti pillasi. G’umbak kasallik yoki noqulay sharoitlar tufayli o’lishi oqibatida pilla ichki devoriga yopishib qoladi. Naslchilik maqsadlarida pilla saralashda ularni quloqqa yaqinlashtirib silkitib ko’rilganda Kar pilla tiqillagan ovoz bermaydi (“karligi” shundan). Ovoz bergan pillalar esa nasl olish uchun yaroqli hisoblanadi. Kar pillalardan ipak nuqsonsiz pillalarniki kabi ajratib olinadi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish