Kapuns
Kapuns (nemischa: capuns) — Shveytsariyaning Grabyunden kantonining anʼanaviy taomi boʻlib, asosan, gʻarbiy qismida tayyorlanadi.
Bir versiyaga koʻra, nomi romansh tilidagi chapun — xoʻrozcha soʻzidan kelib chiqqan boʻlib, kapunsni, koʻpincha, xoʻrozcha goʻshtidan pishirishgan. Yozma manbalarda birinchi marta 1742-yilda tilga olingan.
Ichki masalligʻi ziravorlar va quritilgan goʻsht boʻlaklari, masalan, mol goʻshti yoki Zals (dudlangan kolbasa) qoʻshilgan xamirdan tayyorlanadi va doʻlma kabi mangold bargiga oʻraladi. Ular shoʻrva, sut va suvda qaynatiladi va qirilgan pishloq bilan dasturxonga tortiladi.
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org