Kapuas




Kapuas — Kalimantan o.ning gʻarbiy qismidagi daryo, Indoneziyada eng katta. Uz. 1040 km, havzasining mayd. 97 ming km. Boven-Kapuas togʻlaridan boshlanadi. Botqoqlashgan tekisliklardan oqib, Jan. Xitoy dengiziga quyiladi. Yil boʻyi toʻlib oqadi, yogʻingarchilik mavsumlarida (apr. va noyabr oylarida) atrofdagi hududlarni suv bosadi. Oʻrtacha suv sarfi 5000 m3/sek. Quyilish joyidan boshlab 900 km masofada kema qatnaydi (orolni ichki rayonlar bilan bogʻlovchi asosiy transport yoʻli). Deltasida Pontianak porti joylashgan. Daryoda baliq ovlanadi, yogʻoch oqiziladi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz