Kapsula shaklidagi mehmonxona
Kapsula mehmonxona ( yaponcha: カプセルホテル ), Gʻarb dunyosida
pod hotel nomi bilan ham mashhur boʻlgan, Yaponiyada ishlab chiqilgan mehmonxona turi boʻlib, kapsula shaklidagi koʻplab kichik xonalardan iborat. Kapsula shaklidagi mehmonxonalar - odatiy mehmonxonalar tomonidan taklif qilinadigan kattaroq, qimmatroq xonalarni talab qilmaydigan yoki sotib olishga qodir bo'lmagan mehmonlar uchun arzon, oddiy tungi turar joyni ta'minlab beradi.
Dunyodagi birinchi kapsula shaklidagi mehmonxona 1979 yilda Yaponiyaning Osaka shahrining Umeda tumanida ochilgan va Kisho Kurokava tomonidan ishlab chiqilgan. Uyerdan Yaponiyaning boshqa shaharlariga tarqaldi. Shundan soʻng kontseptsiya Belgiya, Xitoy, Gonkong, Islandiya, Hindiston, Indoneziya, Isroil, kabi boshqa turli hududlarga keng tarqaldi.
Tavsif
Mijoz uchun xona - bu bir kishilik yotoqning uzunligi va kengligi bilan teng boʻlgan xona bo'lib, mehmonxona mehmoni emaklab kirib, karavotga o'tirishi uchun yetarli balandlikda. Xonaning devorlari yog'och, metall yoki har qanday qattiq materialdan tayyorlanishi mumkin, lekin ko'pincha shisha tolali yoki plastik xomashyodan tayyorlanadi. Xonadagi qulayliklar odatda kichik televizor, konditsioner, elektron konsol va elektr rozetkalarini o'z ichiga oladi. Kapsula koʻrinishidagi xonalar yonma-yon joylashtirilgan, hamda balandligi ikki birlik oʻlchamdagi zinapoyalar orqali ikkinchi qavatdagi xonalarga kirishni ta'minlaydi. Kapsulaning ochiq tomoni shaxsiy chegarani saqlash uchun parda yoki qattiq eshik bilan yopilishi mumkin, lekin eshiklar faqat ichkaridan qulflanadi.
Man balar
uz.wikipedia.org