Kapsula




Kapsula lotin tilida(lot. capsula — quticha) — 1) biol.da — odam va hayvonlarda turli aʼzolar va ularning ayrim qismlarini yoki patologik tuzilmalar (mas, oʻsma)ni oʻrab olgan parda (mas, jigar K.si, buyrak K.si, boʻgʻim K.si va b.). Asosan, tolali biriktiruvchi toʻqima, baʼzan yogʻli kletchatkadan tuzilgan boʻladi; 2) farmakologiyada — yutiladigan dorilar solinadigan gʻilofcha; jelatina yoki kraxmalli boʻladi. Ogʻiz shilliq pardasini taʼsirlanishdan saqlaydi, dorining yoqimsiz hidi yoki taʼmi odamga sezilmaydi. K.ni ochmasdan butunligicha yutilaveradi; 3) mikrobiologiyada — K.li bakteriya hujay-ralari atrofidagi shilliq qavat.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz