Kapris




Kaprichchio , kapris (ital. capriccio — injiqlik) — erkin shakldagi, ohanglari toʻsatdan oʻzgaradigan virtuoz uslubidagi cholgʻu musiqa asari (N. Paganinining yakka skripka uchun "24 K." va b.). 16-asr oxiri — 17-asr boshida polifonik musika asari sifatida paydo boʻlgan. Koʻp K.lar xalq kuylariga asoslanadi (mas, N. Rimskiy-Korsakovning "Ispancha K."si, P. Chaykovskiyning "Italyancha K."si, K. Sen-Sansning "Arabcha K.si" va b.). Oʻzbekiston kompozitorlaridan M. Bafoyev "Xorazmcha K.", T. Qurbonov "M. Ashrafiy xotirasiga K.", A. Ergashev "Sharqona K." yaratgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz