Kappadokiya




Kappadokiya — Kichik Osiyoning markazida (hoz. Turkiya hududida) joylashgan qadimgi viloyat. Kappadokiyaning qad. aholisi oʻzini "xattlar" deb atashgan. Mil. av. 2-ming yillikda Kappadokiya hududida Xett podsholigishtg asosiy qismi joylashgan. Mil. av. 3-asr oʻrtasi — 1-asrlarda mustaqil podshohlik, mil. 17-yildan Rim provinsiyasi. Keyinchalik Pont podsholigi bilan birgalikda Vizantiya imperiyasi tarkibiga kirgan. 1074-yil Kappadokiyani saljuqiylar zabt etganlar. 15-asrdan Usmonyai turk imperiyasi tarkibida. Kappadokiya oʻzining katta yerlari va minglab qullariga ega ibodatxonalari bilan mashhur boʻlgan. 19-asrning 80-yillarida Kappadokiya hududidan Ossuriyadagi qulchilik taraqqiyoti toʻgʻrisida muhim maʼlumotlar beruvchi qadimgi ossuriy mixxat hujjatlari ("kappadokiya jadvallari") topil gan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz