KAPOSHVAR — Vengriyaning janubiy- g’arbiy qismidagi shahar, Kaposh daryosi sohilida. Shomod medesining ma’muriy markazi. Transport yo’llari tuguni. Aholisi 75 ming kishi (1990-yillar o’rtalari). To’qimachilik, mashinasozlik, jumladan, elektrotexnika va priborsozlik sanoati rivojlangan. Tsement, parket ishlab chiqariladi. Jun yigirish va tikuvchilik fabrikalari, oziq-ovqat sanoati korxonalari bor.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish