Kaponata




Kaponata (italyancha: сaponata, sits. sapunata) Sitsiliyaning anʼanaviy taomi, sabzavotlar (piyoz, pomidor (yoki pomidor qaylasi), selderey va boshqalar bilan zaytun hamda kapers qoʻshib tayyorlanadigan baqlajonli raguning bir turi.

Uni issiq holatda mustaqil taom, garnir yoki yaxna holatda gazak sifatida isteʼmol qilish mumkin.

Etimologiyasi



Taom nomini Sitsiliyaning baʼzi hududlarida „oltin makrel“ deb ataladigan „capone“ soʻzidan olingan deyishadi. Ushbu versiya tarafdorlari kaponata dastlabda shirin va nordon qaylali, baliqdan tayyorlangan taom boʻlgani, keyinchalik tejamkorlik qilish maqsadida makrel oʻrniga baqlajon ishlatila boshlaganini aytishadi.

Boshqa bir versiyaga koʻra, ushbu soʻz lotincha „caupona“ — traktir soʻzidan kelib chiqqan.

Tarkibiy mahsulotlar



Kaponataning asosiy tarkibiy mahsulotlari qovurilgan baqlajon, tozalangan pomidor yoki pomidor qaylasi, piyoz, selderey, zaytun moyi, tuzlangan zaytun va kapers hisoblanadi. Taomga shirin va nordon taʼm berish uchun uzum sirkasi va shakar yoki asaldan foydalaniladi.

Sitsiliyada kaponataning boshqa turdagi tarkibiy mahsulotlar — shirin qalampir, bodring, kartoshka, qaragʻay yongʻogʻi yoki bodom qoʻshib pishiriladigan boshqa turlari ham mavjud.

Mualliflik retseptlari



Koʻplab mashhur oshpazlar, jumladan Gordon Ramzi va Jeymi Oliverlar kaponataning mualliflik retseptlarini oʻz kitoblarida keltirib oʻtishgan.

Tayyorlanishi



Baqlajonlar kesib chiqiladi va boshqa mahsulotlardan alohida holatda koʻproq miqdordagi oʻsimlik yogʻida (deyarli frityurda) tovaga solib tillarang tusga kirgunga qovuriladi. Shundan keyin sarimsoq, piyoz va selderey qovurib olinadi. Sabzavotlar ichiga pomidorli qayla (masalan, pummarola), zaytun, kapers (kurtaklari) va pomidor, shuningdek, retseptga koʻra, yongʻoqlar qoʻshiladi. Tova ichiga avvalroq qovurib olingan baqlajonlar, tuz, shakar va oq uzum sirkasi qoʻshiladi. Taomni stolga tortishdan avval ustidan koʻkatlar sepiladi; baʼzi retseptlarda pishirish jarayonining oxirgi bosqichida tovaga rayhon solinadi.

Adabiyotlar




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz