Kapitan qizi
„Kapitan qizi“ — rus shoiri hamda yozuvchisi Aleksandr Pushkin qalamiga mansub qissa. Ilk bor 1836-yil „Sovremennik“ jurnalining toʻrtinchi sonida chop etilgan. Jurnalda muallifning ismi koʻrsatilmagan. Kitob oʻlaroq 1837-yil nashr qilingan. Qissada 1773-1774-yillarda boʻlib oʻtgan Pugachev qoʻzgʻoloni haqida hikoya qilinadi.
„Kapitan qizi“ rus adabiyotida realizm janri shakllanishida muhim rol oʻynagan. Qissa asosida bir necha film suratga olingan.
Qissani oʻzbek tiliga Abdulla Qahhor tarjima qilgan. Asar oʻzbek tilida 1939-, 1949-, 1972-, 1988-yillarda nashr qilingan.
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org