Kapitan Barbossa
Kapitan
Hector Barbossa Karib dengizi qaroqchilari filmlar seriyasidagi xayoliy personajdir. Filmlarda ushbu personajni Geoffrey Rush jonlantirgan.
Tavsifi
Hector Barbossa — qaroqchi, Karib dengizi baroni, Qora marvaridning sobiq kapitani. Birinchi qismda u asosiy yovuz qahramon boʻlsa-da, keyingi filmlarda ijobiy qahramonga aylanadi. Toʻrtinchi filmda u Angliyaga xizmat koʻrsatuvchi kaper, ammo film oxirida u yana qaroqchiga aylanadi. Beshinchi filmda Hector qilich yordamida shishadan „Qora marvarid“ni chiqaradi. Jack Chittak, Henry Turner va Carina Smyhth'ni Salazardan qutqarib halok boʻladi.
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org