Kapitan Amerika: Qish askari
Birinchi qasoskor: Qish askari (inglizcha:
Captain America: The Winter Soldier ) 2014-yilda katta ekranlarga chiqqan, Marvel Comics nashriyotidan tushirilgan Kapitan Amerika qahramoniga asoslangan superqahramon janridagi AQSh filmi boʻlib, kartina Marvel Studios mahsuloti hamda Walt Disney Studios Motion Pictures tomonidan tarqatilgandir. Film Birinchi qasoskor (2011) filmi davomi hamda Marvel kinematografiya koinoti (MKK) ning toʻqqizinchi toʻliq hajmli filmdir. Film rejissorlari Anthony va Joe Russo, ssenariynavislar Christopher Markus va Stephen McFeely boʻlib, kartinada bosh qahramonlarni Chris Evans (Steve Rogers / Kapitan Amerika sifatida), Scarlett Johansson, Sebastian Stan, Anthony Mackie, Cobie Smulders, Frank Grillo, Emily VanCamp, Hayley Atwell, Robert Redford va Samuel L. Jackson kabi aktyorlar jonlantirishgan.
Birinchi qasoskor: Qish askari filmi jahon premyerasi Los Angelesda 2014-yil 13-martda boʻlib oʻtdi, AQShda esa MKKning Ikkinchi fazasidagi bir film oʻlaroq 4-apreldan boshlab kinoteatrlarda namoyish etila boshladi. Film umumjahon boʻylab $714 million mablagʻ yigʻdi. Ushbu koʻrsatkich bilan kartina 2014-yilda ishlangan filmlar orasida yettinchi eng kassabop film boʻldi. Ushbu kartina davomi sanalmish Birinchi qasoskor: Qarshilik 2016-yilda chiqarildi.
Mazmuni
New Yorkdagi urushdan ikki yil oʻtib, Steve Rogers Washingtondagi Q.A.L.Q.O.N. josuslik agentligida faoliyat yuritadi hamda zamonaviy jamiyatga moslashadi. Missiya davomida agent Natasha Romanoff va terrorizmga qarshi tashkilot sanalmish S.T.R.I.K.E. agenti Brock Rumlow boshchiligidagi guruh Q.A.L.Q.O.N. kemasida parvoz etishib, garovga olinganlarni ozod qilish uchun Georges Batroc boshchiligidagi qaroqchi kema tomon oshiqishdi. Bu orada, Rogers Romanoffning boshqa maqsadi borligini aniqlaydi, yaʼni bu maqsad kemadagi kompyuterlardan maʼlumotlarni olishdan iborat edi. Keyin guruh Triskelionga qaytadi, Rogers direktor Nick Furyga duch keladi va „Project Insight“ haqida koʻproq bilib oladi. Romanoff maʼlumotlarini aniqlay olmagan Fury Insight loyihasiga shubha bilan qaray boshladi hamda senior Q.A.L.Q.O.N. rasmiy va Milliy xavfsizlik kotibi Alexander Piercedan loyihani keyinga qoldirishni iltimos qiladi.
Rollarda
Musiqasi
Treklar roʻyxati
Roʻyxatda keltirilgan treklarning barchasining musiqasini Henry Jackman yaratgan.
Sikvel
Birinchi qasoskor: Qarshilik filmi jahon premyerasi Los Angelesda 2016-yil 12-aprelda boʻlib oʻtdi. Film rejissorlari Anthony va Joe Russo, ssenariynavislar Christopher Markus va Stephen McFeely boʻlib, kartinada bosh qahramonlarni Chris Evans (Steve Rogers / Kapitan Amerika sifatida), Robert Downey Jr., Scarlett Johansson, Sebastian Stan, Anthony Mackie, Don Cheadle, Jeremy Renner, Chadwick Boseman, Paul Bettany, Elizabeth Olsen, Paul Rudd, Emily VanCamp, Tom Holland, Frank Grillo, William Hurt va Daniel Brühl kabi aktyorlar jonlantirishgan.
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org