Kapibar




Suv choʻchqachasi , kapibar (Hydrochoerus) — suv choʻchqalari oilasiga mansub kemiruvchi hayvon. Oilaning yagona vakili. Gavdasining uz. 100—130 sm, ogʻirligi 60 kg va koʻproq (hozirgi yashayotgan kemiruvchilarning eng yirigi). Tanasi och qoʻngʻir tusli siyrak dagʻal jun bilan qoplangan. Oyoklari uzun, barmoklarida tuyoqsimon tirnoqlari bor. Dumsiz. Yaxshi suzadi va shoʻngʻiydi. Yilda bir marta 5—6 bola tugʻadi. Markaziy va Janubiy Amerikaning tropik oʻrmonlaridagi koʻl va daryolar qirgʻogʻida hamda botqokliklarida oila yoki kichik tuda boʻlib yashaydi. Oʻsimliklar bilan oziklanadi. Baʼzan ekinlarni yeb, zarar keltiradi. Goʻshti va terisi uchun ovlanadi. Qoʻlga tez oʻrganadi.

uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz