Kape arsloni




 
Cape arsloni 19-asr oʻrtalarida yoʻq bo'lib ketgan Janubiy Afrikaning Natal va Keyp viloyatlarida bu turga mansub arslonlarning oʻziga xos populyatsiyasi boʻlgan. Tur namunasi Good Hope burni vatani hisoblanadi va 1842-yilda u haqida maʼlumotlar tasvirlangan

Qadimdan cape arsloni, Panthera leo melanochaita sherining alohida kichik turi hisoblangan. Ammo, filogeografik tahlil shuni koʻrsatdiki, Janubiy va Sharqiy Afrikadagi sherlar populyatsiyalari ham bir-biri bilan chambarchas bogʻliq ekanligini. 2017-yilda Panthera leo melanochaita kenja turi Janubiy va Sharqiy Afrikadagi barcha sherlar populyatsiyasini oʻz ichiga olishi maʼlum boʻldi.

Taksonomiyasi




Felis (Leo) melanochaita 1842-yilda Ch. X. Smit tomonidan tasvirlangan Good Hope burnidagi tarqalgan qora yoli arslon namunasi edi. 19-asrda tabiatshunoslar va ovchilar uni quyuq rangi yolli tufayli alohida kichik tur sifatida atashgan. 20-asrda baʼzi yozuvchilar Cape sherining alohida kenja turi ekanligi haqidagi bu fiklarni qoʻllab-quvvatladilar. Vratislav Mazak gipotezasiga koʻra Buyuk Escarpment tomonidan geografik jihatdan boshqa populyatsiyalardan ajratilgan holda koʻpayib tarqalgan degan tahminlar mavjud.

Bu nazariya 21-asrning boshlarida shubha ostiga olindi. Cape arsloni, Kalahari va Transvaal mintaqalarida va undan uzoq sharqdagi sherlar populyatsiyalari oʻrtasidagi genetik almashinuv qiya tepaliklar va Hind okeani oʻrtasidagi yoʻlaklar mavjudligi orqali boʻlishi mumkin deb hisoblanadi. Filogeografik tadqiqotlar keyingi natijalari shuni koʻrsatdiki Namibiya, Botsvana va Janubiy Afrikadagi sherlarning genetik jihatdan yaqin ekanligini aniqlangan. 10 ta davlatdan olingan 357 ta sher namunasi tahliliga asoslanib, arslonlar Pleystotsen va Golosen davrida Janubiy Afrikadan Sharqiy Afrikaga koʻchib kelgan deb taxmin qilinadi. Keyingi tadqiqotlarda 22 mamlakatdan olingan 194 ta sher namunalarining tahlili shuni koʻrsatadiki, Janubiy va Sharqiy Afrikadagi populyatsiyalar Gʻarbiy va Shimoliy Afrika va Osiyodagi populyatsiyalardan farq qiladi. 2017-yilda Janubiy va Sharqiy Afrikadagi sherlar populyatsiyalari P. l. melanochaita turini oʻz ichida jamlagan.

Zoologik namunalar



Bir nechta tabiatshunoslik tarixey muzeylari oʻz kollektsiyalarida Cape arslonining namunalari bor:

Xususiyatlari



Cape arslonining namunasi juda katta, qora qirrali quloqlari va yelkasidan tashqarida va qorin ostidagi qora yoli bilan tasvirlangan. Oranj daryosi havzasidagi Britaniya Tabiat tarixi muzeyida joylashgan ikkita sher namunasining bosh suyagi oksipital, Janubiy Afrika mintaqalaridagi boshqa sherlarga qaraganda bir oz kichikroq va ikkinchi pastki kichik molyar tishlari yaxshi rivojlanish tendentsiyasi bilan tasvirlangan.

Amerikalik zoolog Edmund Xeller Cape arslonining bosh suyagi ekvatorial sherlarnikidan kamida 1.0 (25 mm) uzunroq ekanligi, nisbatan tor boʻlishiga qaramay, oʻrtacha kattalikda ekanligini taʼrifladi. U Cape sherini Afrikadagi boshqa sherlarga qaraganda „aniq“ kattaroq deb hisobladi. Sherlarni vaznni 272 kg (600 fut) ni tashkil qiladi, Vaal daryosining janubida topilgan sherlarning. 19-asr yozuvchilarCape sherining Osiyo sheridan kattaroq ekanligini deb hisoblashgan,.

Tadqiqotchilar olib borgan, uzoq muddatli ilmiy ishlar natijalari shuni koʻrsatadiki, iqlim oʻzgarishlari sherlar rangining oʻzgarishiga taʼsir qiladi va bir-birlari orasida farq qiladi. Salqin fasllarda yollari quyuqroq va uzunroq boʻladi.

Tarqalishi va yashash joyi




19-asrning boshlarida sherlar hali ham Karoo tekisliklarida va Shimoliy Keypda borligi aniqlangan. 1844-yilda Riet daryosining janubida sherlar borligi aniqlandi. Oranj daryosining janubida soʻnggi arslon turlari 1850-1858 yillarda boʻlgan deyiladi. Shimoliy Orange Free Statetida arslonlar 1860-yillarda ham saqlanib qolgan boʻlishi mumkin degan tahminlar bor.

2003-yilda Kgalagadi transchegaraviy bogʻidan oltita sher Sharqiy Keyp provinsiyasidagi Addo fil milliy bogʻiga koʻchirilganini aytilgan.

Asirlikda



2000-yilda Cape arsloni naslining namunalari Rossiyada asirlikda saqlanayotganligi aniqlangan va ulardan ikkitasi Janubiy Afrikaga qaytarib olib kelingan. Xabarlarning ma'lum qilishicha, Janubiy Afrikalsining hayvonot bogʻi direktori Jon Spens 17-asrda Yan van Riebekning Fort-de-Gode Hoop qadimiy devorlarini oʻrgangan va bu buyuk arslonlarar haqidagi hikoyalardan hayratda qolgan. U van Riebekning jurnallarini oʻrganib, Cape arslonining uzun qora yoli, quloqlari qora va kattaroq boʻlganligini aniqlash uchun oʻrgangan. U baʼzi Cape arslonlari Evropaga olib ketilgan va boshqa sherlar bilan chatishtirilgan boʻlishi mumkinligi haqidagi fikrlarga ishongan. Uning 30 yillik izlanishlari natijasida 2000-yilda Sibirdagi Novosibirsk hayvonot bogʻida Cape arslonining xususiyatlariga ega oʻxshash qora yolli sherlar topildi Spensi arslondagi oʻziga tortgan qora yolidan tashqari, „keng yuz va baquvvat oyoqlari“ bor edi. 30 yil davomida 40 ta arslon bolasi saqlangan Novosibirsk hayvonot bogʻining populyatsiyasi davom etmoqda va Spensga Venadagi Schönbrunn hayvonot bogʻi yordami bilan ikkita arslon bolasini Tygerberg hayvonot bogʻiga qaytarishga muvaffaq boʻlishga. Janubiy Afrikaga qaytib kelganida, Spens hech boʻlmaganda Cape arslonlariga oʻxshagan sherlarni koʻpaytirishga va bolalarning asl Keyp sherining avlodi ekanligini aniqlash uchun DNK testini oʻtkazishga umid qilayotganini aytiladi. Biroq, Spens 2010-yilda vafot etdi va hayvonot bogʻi 2012-yilda yopildi, sherlar Drakenstein Lion Parkiga yuborilishi kutilmoqda.

Shuningdek qarang




Maʼlumotnomalar




Tashqi havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz