Kaparas





Kaparas  – Koʻhna Xorazm viloyatining Kaparas nomli eski shaharchasi boʻlib, hozirda undan qoldiqlar saqlanib qolgan. Kaparas (shuningdek: Kapraz-qal’a; turkmancha: Kapyras) – Turkmanistondagi shahar (qal’a), uning xarobalari Lebap viloyati hududida ham joylashgan. Qadimda Xorazmning bir qismi boʻlgan va ushbu qal’adan koʻplab qadimiy yodgorliklar arxeologlar tomonidan tolilgan.

Tarixi



Kaparas qal’asi Tuyamuyun darasining janubi-sharqida, kichik chuqurlikning oxirida joylashgan boʻlib, u 10-13-asrlarda mavjud boʻlgan qadimiy kanal qoldigʻi boʻlishi sifatida olimlar tomonidan talqin qilinadi. Kaparasda eng qadimgi mustahkamlangan turar-joy namunalari topilgan va ushbu topilmalar miloddan avvalgi 4—2-asrlarga borib tarqaladi. Bizgacha saqlanib qolgan xarobalar kushonlar davriga oid boʻlib, qalʼa qayta qurilib, taʼmirlangan. Qal’ada ilk oʻrta asrlar va undan keyingi davrlarda yashagan shohlarning kundalik turmushda foydalangan kichik buyum qoldiqlari topilgan.

Kaparas Xorazmning Jigarband va Hazorasp kabi qadimiy shaharlari bilan bir qatorda Xorazmni qadimgi Baqtriya va Marv vohasi bilan bogʻlaydigan qadimiy yoʻlda joylashgan qadimiy qal’alar tizimiga kiradi.

Taʼrifi



Kaparas qalʼasining uzunligi shimoldan janubga choʻzilgan toʻrtburchak shaklda boʻlib, umumiy qalinligi 7,5 m boʻlgan qoʻsh devorlardan hosil boʻlgan va shuningdek ushbu devor orasi yoʻlaklar bilan oʻralgan. Qal’a yon tomonlari bilan deyarli asosiy nuqtalar boʻylab yoʻnaltirilgan boʻlib, devor boʻylab va burchaklarida 10 ta minora boʻlgan. Qal’a shimoliy tomonining oʻrta qismida darvozalar va ularni himoya qiluvchi toʻsiqlar bor edi.

Tadqiqotlar



1973-1975-yillarda M. G. Vorobyova boshchiligidagi Xorazm arxeologik-etnografik ekspeditsiyasining Kaparas otryadi tomonidan Kaporasning arxeologik qazilmalari olib borilgan.

Shuningdek ushbu yodgorliklar Kaparas bilan bir xil yoshdadir



Oq-Qal’a

Aqchagelin

Devkesen

Jigarbent

Diyorbakir

Zamaxshar

Qal’aliqir

Qanga-qal’a

Qoʻneurgench

Kunya – UAZ

Qiz-qal’asi

Kirk Molla

Koʻzaliqir

Sadvor

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz