Kapalakgul




Kapalakgul (Viola hortensis grandi fl ora Witt.) — binafshadoshlar oilasiga mansub bir va ikki yillik manzarali oʻsimlik. Yevropa va Osiyoda usadi. Poyasi tuksiz. Bargi tuxumsimon, uzun bandli. Guli koʻpincha uch tusli, ikki jinsli, gulbandi uzun. Kosachabarg va tojbarglari 5 tadan, tutashmagan. Changchisi 5 ta, urugʻchisi bitta. Mevasi — koʻp urugʻli koʻsak. Erta bahordan kech kuzgacha gullaydi. K. manzarali oʻsimlik sifatida xonadonlarda, istirohat bogʻlarida oʻstiriladi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz