Kapalak nima bilan oziqlanadi?



Ma’lumki, kapalaklarning hayoti bir necha davrga bo’linadi. Avval tuxum, keyin qurt, undan keyin g’umbak (qish bo’yi uxlaydi) va oxiri g’umbakdan kapalak paydo bo’ladi. Kapalaklar faqat bir davrda juda ko’p ovqat yeydi. Bu — qurtlik paytiga to’gri keladi. Kapalaklarning ayrim turlari uchun qurtlik davri hayotidagi birdan-bir oziqlanish davridir. Qurt ovqatlanadi va yiriklashib boradi, bir necha hafta ketma-ket ovqatlangach, u ilk davridagidan ko’ra ancha katta bo’lib qoladi. Umuman olganda, kapalaklar ovqat yeyishga juda moslashgan: chunki ularning boshi, ko’kragi, qorni bor. Ayrim kapalaklarning og’zi o’rniga xartumchasi mavjud, ana shu xartumchasi ovqatlanishdan to’xtagan paytlari soat prujinasiga o’xshab buralib turadi. Bu xartumcha gulning markaziga qadar kirib borib, uning nektarini so’radi. Tungi kapalaklarning xartumchasi uzunligi 15-20 santimetr atrofida bo’ladi va yirik naysimon gullarning ichiga kirib borishiga imkon beradi. Ayrim turlarining xartumchasi uchida pichoqha o’xshash tishlari mavjud. Mana shu tishlari bilan ular mevalar po’stini teshasi va sharbatini ichadi!


Manba



Mo’jiza kitobning 1-jildi

Sun'iy intellekt javobi:

Kapalaklar asosan nektar bilan oziqlanadi. Ular gullarning gul nektarini maxsus og‘iz tuzilmasi — uzun va ingichka quyruq shaklidagi til (proboscis) yordamida so‘rib oladi. Nektar kapalaklar uchun asosiy energiya manbaidir, chunki u shakarlar va boshqa ozuqaviy moddalarga boy.

Ba'zi kapalak turlari qo‘shimcha ravishda tarvuz suvi, meva sharbati, hatto ho‘l tuproqdan mineral moddalarningemirilishi bilan oziqlanishlari mumkin. Kapalaklar o‘tloq va o‘rmonlarda, shuningdek, bog‘larda keng tarqalgan bo‘lib, u yerda ko‘plab gullar borligi uchun oziqlanishi uchun qulay muhit topadilar.

Umuman olganda, kapalaklar o‘simliklarning changlanish jarayonida ham muhim rol o‘ynaydi, chunki ular gullar orasida harakat qilarkan, changdonlarni bir joydan ikkinchi joyga ko‘chirishadi.



Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz