Kapachi qushlar




Kapachi qushlar (Ptilonorhynchidae) — chumchuqsimonlar turkumining bir oilasi. Tanasining uz. 23—40 sm. Patlari koʻproq sariq, koʻkimtir qora va yorqin tusli, baʼzan qoʻngʻiroq. Avstraliya va Gvineyada tarqalgan. Nam tropik oʻrmonlarda yashaydi. K.q. kuyikish davrida maxsus kuyikish maydonchasi tayyorlaydi. Uni chigʻanoqlar, mayda toshlar, mevalar, gullar bilan bezaydi. Maydonchada shox va poyalardan bal. 50 sm gacha, uz. 1 m gacha kapa ham quradi. Moda qush maydoncha yonidagi daraxtda och i q uya quradi. 1—3 ta tuxum qoʻyadi. Mayda mevalar, chigʻanoqlar, hasharotlar va ularning lichinkalari, chuvalchanglar bilan oziqlanadi. 8 ta urugʻi va 18 turi mavjud.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz