Kanzas-siti




Kanzas-siti - AQShning markaziy qismidagi shahar, Missuri shtatida, Kanzas daryosining Missuri daryosiga quyilish yerida. Aholisi 441,5 ming kishi (2000). Transport yoʻllari tuguni. Q.x. rayonining muhim savdo markazi. Sanoatining asosiy tarmoqlari — oziqovqat, metallsozlik. Poʻlat quyish, mashinasozlik, radioelektronika, neftni qayta ishlash, kimyo, yogʻochsozlik, poligrafiya sanoati korxonalari, universitet bor. Shaharga 19-asrda asos solingan. Amalda K.-S. Kanzas shtatidagi xuddi shunday nomlanuvchi shahar bilan birlashib ketib, 1,5 mln.dan ortiq aholiga ega boʻlgan aglomeratsiyani tashkil etadi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz