Kanzas




Kanzas — AQShning markaziy qismidagi shtat. Maydon 213,1 ming km. Aholisi 2,68 mln. kishi (2000). Maʼmuriy markazi — Topika shahar. Sanoat markazlari — Kanzas-Siti va Uichito shaharlari. Yer yuzasi toʻlqinsimon tekislik, Qoyali togʻlardan Missuri daryosiga tomon qiyalanib boradi. Markaziy qismida Smoki-Xils, Blu-Xils tepaliklari (bal. 862 m gacha) bor. Iqlimi moʻtadil kontinental iklim (oʻrtacha oylik temperaturaalar —3° dan 26° gacha). Yillik yogin 550–950 mm, yozi qurgʻoqchil. Asosiy daryolari — Kanzas va Arkanzas (yilning koʻp qismida kamsuv). Kanzas — AQShning qishloq xoʻjaligi rivojlangan shtatlaridan. Qishloq xoʻjaligida 2/3 tovar mahsulotini chorvachilik, asosan, goʻsht chorvachiligi beradi. Dehqonchilikda joʻxori (sorgo) va kuzgi bugʻdoy yetishtiriladi. Mamlakatda bugʻdoy hosili boʻyicha 1-, qoramol soni boʻyicha 4-oʻrinda. Oziq-ovqat (goʻsht-konserva, un tortish, yem ishlab chiqarish.) sanoati rivojlangan. Aviatsiya, avtomobilsozlik, qishloq xoʻjaligi mashinasozligi, neftni qayta ishlash, kimyo sanoati korxonalari bor. Neft, tabiiy gaz, geliy (AQShda 1-oʻrinda) olinadi.

Kanzas hududini yevropaliklar egallagunga qadar, u yerda indeys qabilalari yashagan. Yevropaliklar Kanzasga il k bor 1541 yilda kelgan. 1803 yildan AQSH bu shtatni Luiziana tarkibida Fransiyadan sotib olgan. 1854 yilda AQShga qarashli hudud maqomi berildi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz