Kanye West




Kanye Omari West (8-iyun, 1977) amerikalik reper, qoʻshiqchi va produserdir. West oʻz ishini Roc-A-Fella Recordsda produserlik bilan boshlab, Jay-Z, Alicia Keys, Ludacris, R. Kelly va Janet Jackson kabi musiqachilar bilan ishlagan.

West 2004-yili The College Dropout nomli albomini chiqarib, qoʻshiqchilik karyerasini boshlaydi. Uning ikkinchi albomi Late Registration 2005-yilda, keyingi albomi Graduation 2007-yilda, toʻrtinchi albomi 808s & Heartbreak esa 2008-yilda omma eʼtiboriga havola etiladi. Kanye West bu albomlari uchun oʻn ikki Grammy Award mukofotini yutib, munaqqidlar tomonidan ijobiy baholandi.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz