Kanuma (Tochigi)
Kanuma (yaponcha: 鹿沼市 Kanuma-shi?) Yaponiyaning Tochigi prefekturasida joylashgan shahardir. 2020-yil 1-avgust holatiga koʻra, shaharda hisob-kitoblarga koʻra, 36.795 ta xonadonda 94.926 nafar aholi istiqomat qilgan, aholi zichligi esa har kvadrat kilometrga 190 nafarni tashkil etgan. Shaharning umumiy maydoni 490,64 km² (189,44 mil²) ga teng.
Geografiyasi
Kanuma Tochigi prefekturasining markazida joylashgan. Shahar maydoni Kanto viloyatining shimoliy qismida oʻrnashgan. Shahar hududining gʻarbiy yarmini Ashio togʻlari oʻrab turadi, sharqiy yarmini Kanuma platosi egallaydi. Shahar sharqda prefektura poytaxti Utsunomiya bilan chegaradosh.
Atrofdagi munitsipalitetlar
Tochigi prefekturasi
Gunma prefekturasi
Iqlimi
Kanuma nam subtropik iqlimga ega (Köppen Cfa) boʻlib, yozi issiq va qishi qattiq qor yogʻishi bilan ajralib turadi. Kanumada oʻrtacha yillik harorat 13.1 °C (55.6 °F) ni tashkil etadi. Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori 1,677.2 mm (66.03 in) boʻlib, eng seryogʻin oy sentyabr hisoblanadi. Avgustda eng yuqori harorat 24.9 °C (76.8 °F) atrofida va eng pasti yanvarda, taxminan 1.5 °C (34.7 °F) ni tashkil etadi.
Demografiyasi
Yapon aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, Kanuma aholisi soni 2000-yilda eng yuqori choʻqqisiga chiqqan va shundan buyon kamayib bormoqda.
Tarixi
Kanuma ilk Edo davrida 25 000 koku feodal mulki sifatida qal’a shahri vazifasini bajargan. Domen Tokugava syogunati tomonidan bostirilgandan keyin ham, Nikkō Reiheishi Kaidoʻda bir qator post stansiyalari bilan bogʻlashi va hudud joylashuvining maqbulligidan shahr gullab-yashnashda davom etgan. Kanuma shahri 1889-yil 1-aprelda oʻsha paytdagi zamonaviy munitsipalitetlar tizimini oʻrnatilishi bilan yaratilgan. 1948-yil 10-oktabrda shahar maqomiga koʻtarilgan. 2006-yil 1-yanvarda Avano shahri (Kamitsuga tumanidan) Kanumaga birlashtirildi.
Hukumat
Kanuma toʻgʻridan-toʻgʻri saylanadigan mer va 24 aʼzodan iborat bir palatali shahar qonun chiqaruvchi organi boʻlgan mer-kengash boshqaruv shakliga ega. Kanuma shahrida Tochigi prefekturasi assambleyasiga uchta aʼzodan qoʻshish huquqi mavjud. Milliy siyosat nuqtai nazaridan, shahar Yaponiya Diet quyi palatasining Tochigi 2-okrugi tarkibiga kiradi.
Iqtisodiyoti
Kanuma iqtisodiyoti asosan qishloq xoʻjaligiga asoslanadi. Kanop bir vaqtlar shaharning asosiy qishloq xoʻjalik ekini boʻlgan, ammo marjumak va qulupnay yetishtirish keyinchalik ustunlik qila boshlagan.
Taʼlim tizimi
Kanumada shahar hukumati tomonidan boshqariladigan 24 ta boshlangʻich maktab va oʻnta oʻrta maktab faoliyat yiritadi. Shaharda Tochigi prefekturasi taʼlim kengashi tomonidan boshqariladigan toʻrtta davlat yuqori maktabi ham mavjud.
Transport
Temir yoʻl
JR Sharqiy yoʻnalish — Nikko liniyasi
Tobu temir yo'li — Tobu Nikko liniyasi
Magistral yoʻl
Xalqaro aloqalar
Taniqli odamlar
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org