Kantri




Country (talaffuzi: kantri) Amerika ommabop musiqasi janri boʻlib, 1920-yillarda AQSh janubining qishloq joylarida shakllana boshlagan. U Amerika xalq musiqasi va western musiqadan kelib chiqqan. Erta country musiqada blues gammasi seziladi. Country odatda joʻn ballada va raqs maromlaridan iborat boʻlib, banjo, elektrogitara va akustik gitara kabi torli asboblar hamda fiddl va garmonika hamohangligida ijro etiladi.

Inglizchada „qishloq“ maʼnosini bildiruvchi country atamasi bilan 1940-yillardan boshlab shu janr nomlana boshlandi, bungacha bunday musiqani hillbilly („qishloqi“, „toʻpori“) deb atashar edi. Bugunga kelib country musiqa atamasi ostida koʻplab uslub va ostjanrlar tushuniladi. 2009-yilgi tadqiqotga qaraganda country AQShda avtomobilda eng koʻp tinglanadigan musiqa janrlari qatoriga kiradi.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz