Kantor Georg




Georg Kantor (1845.3.3, Peterburg — 1918.6.1, Galle) — nemis matematigi. Berlin universitetini tugatgan (1867). Galle universiteti professor (1872 — 1913). Toʻplamlar va transfinit sonlar nazariyasini (qarang Toʻplamlar nazariyasi) yaratgan. Haqiqiy sonlar toʻplamining sanoqsizligini isbotlagan (1874), toʻplamlar quvvatliligining umumiy tushunchasini ifodalagan (1878). Limit nuqta, hosilaviy toʻplamlar nazariyasini kiritgan, irratsional sonlar nazariyasini rivojlantirgan. Matematik analiz, haqiqiy oʻzgaruvchining funksiyalar nazariyasida K. nomi bilan boglik muhim tushunchalar bor.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz