Kantemir Antiox Dmitriyevich




Antiox Dmitriyevich Kantemir [1708. 10(21).9, Konstantinopol — 1744.31. 3(11.4), Parij] — rus shoiri va diplomati. 18-asr rus klassitsizmi va yangi hajviy sheʼriyatining asoschilaridan. Peterburgda taʼlim olgan. 1732 yildan Buyuk Britaniyada, 1738—44 yillarda Fransiyada elchi boʻlib ishlagan. Dastlabki ijodini tarjimadan boshlagan. 1729 — 31 yillardagi hajviy sheʼrlarida Petr I islohotlarini himoya qilgan. Kantemir qasidalar, maktublar, masallar, dostonlar ("Petrida"), falsafiy va estetik traktatlar ("Tabiat va inson haqida", 1742 va boshqalar) yozgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz