Kantata




Kantata (lot. cantare — kuylamoq) — yakkaxon xonandalar, xor va orkestrga moʻljallangan musiqa asari. Shaklan oratoriyaga yaqin, lekin hajmi kichikligi, mazmunida dramatik rivoji yoʻq (yoki sust)ligi bilan farq qiladi. Odatda, orkestr muqaddimasi, bir nechta ariya, rechitativ hamda xor qoʻshiqlaridan iborat boʻladi. 17-asrda Italiyada rivoj topdi (G. Karissimi, A. Stradella, A. Skarlatti va b.). 18-asr boshida Germaniyada diniy K. yuzaga keldi (G.F. Teleman, I.S. Bax). Keyinchalik dunyoviy va diniy K.lar boshqa mamlakatlarga tarqalib, mazmunan va shaklan boyidi. Fransiyada L. Kerubini, F.J. Gossek, G. Berlioz, Germaniyada F.Shubert, I. Brams, P. Xindemit, Rossiyada N. Rimskiy-Korsakov, S. Taneyev, S.Raxmaninov, S. Prokofyevlar K.ning yorqin namunalarini yaratishdi. Oʻzbekiston kompozitorlari ham shaklan va mazmunan rang-barang K.lar yaratishgan: S. Yudakov, "Mirzachoʻl", "Muborakbod"; S. Boboyev, "Hosil bayrami"; M. Leviyev, "Oq oltin"; O. Halimov, "Qoraqalpogʻiston" va b.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz