Kanpur




Kanpur — Hindistonning shim. qismidagi shahar. Uttar-Pradesh shtatida, Gang daryosi sohilida. Aholisi 2 mln. kishidan ziyod (1990-yillar oʻrtalari). Muhim transport yoʻllari tuguni. Mamlakatning Gang vodiysidagi yirik sanoat va savdo markazi. Sanoatining yetakchi tarmoqlari — toʻqimachilik (jun va ip gazlama) va koʻn poyabzal. Mineral oʻgʻitlar ishlab chiqariladi. Metallsozlik, aniq va qishloq xoʻjaligi mashinasozligi, aviasozlik, radioelektronika, kimyo sanoati, trikotaj va oziq-ovqat korxonalari mavjud. Hunarmandchilik rivojlangan. Un-t, Markaziy toʻqimachilik, Texnologiya institutlari bor. Shaharga 18-asrda asos solingan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz